png +44 7888 964869

Registered office address: 140 Tabernacle Street, London, England, EC2A 4SD

News and events

Our events

jpg

Hurmatli Vatandoshlar va Oʻzbekistonning Doʻstlari!

Yangilik qisqacha anonsi.

Biz koronavirusning tarqalishi bilan bogʻliq butun dunyoda va shu jumladan Oʻzbekistonda ham yuzaga kelgan vaziyatni e’tiborga olib, O’zbekistonning yordamga muxtoj qatlamlariga pandemiyaga qarshi kurashda ko’mak berish maqsadida Fransiyadagi vatandoshlarimiz boshlagan “O’zbekiston bilan birdamlik” xayriya tashabbusiga, Bilim O’zbek Madaniyat Markazi boshchiligida Britaniyadagi vatandoshlar qo’shildik. Yigʻilgan mablagʻlar tibbiy va ijtimoiy ehtiyojlarga yoʻnaltiriladi.

Agar siz ushbu insonparvarlik loyihasida ishtirok etishni xohlasangiz, Gofundme platformasida ochilgan hayriya yig’inga oʻz hissangizni qoʻshishingizni soʻraymiz (www.gofundme.com/f/covid19-solidarity-with-uzbekistan).
Mablag’ Bilim O’zbek Madaniyat markazi hisobiga tushadi va O’zbekistondagi ehtiyojmandlarga yuboriladi. Bilim O’zbek madaniyat markazi Britaniyada ro’yxatdan o’tgan tashkilot sifatida kelib tushgan mablag’ va ularni qayerga sarflanganligi haqidagi ma’lumotlarni avvalam bor sizga, undan tashqari Britaniya hukumatiga hisobot berishga majbur. Shuning uchun ushbu loyihaning sarf-xarajatlari va natijalari toʻgʻrisidagi toʻliq ma’lumot hayrityaning facebook sahifasi (
www.facebook.com/groups/covid19uz
) orqali sizga taqdim etiladi.
Umid qilamizki, bizning hamjihatlikdagi sa’y-harakatlarimiz aholining yordamga muxtoj qatlamlari va epidemiyaga qarshi kurash jaroyoniga jalb qilingan tibbiyot xodimlarining qiyinchiliklarni yengib o’tishiga hamda odatiy hayot tarziga imkon qadar tezroq qaytishga xissa qo’shadi.
Ushbu tashabbus O’zbekistonning Britaniyadagi Elchixonasi va sizga ma’lum bo’lgan boshqa qator tashkilotlar (The British Uzbek Society, Safenetpay, TezParcel, Uzbeks in Britain va Uzbeks in the UK Facebook guruhlari, Aerotaxi, City Accounts UK, Legal Law, Youmax Ltd va boshqalar) tomondan qo’llab-quvvatlanayapti.
Ushbu chaqiriqqa javob beradigan har bir kishidan minnatdormiz.
 
.